Prostata bezi adenomasi — sabablari, belgilari, davolash, oldini olish
- 673
Yoshi ulgʻaygan erkaklarda prostata bezining kasallanib, oʻsmasimon (xavfsiz) kattalashuvi.
Prostata bezi adenomasi sekin rivojlanadi, dastlabki belgisi tez-tez va, ayniqsa, tunda bezovta qilishidir;
Avvaliga siydik ingichkalanib tushadi va uzoqqa bormaydi. Bemor goʻyo oyogʻi orasiga siygandek boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu holat kuchayadi;
Siydik tomchilab keladi, baʼzan toʻliq tutilib qolishi ham mumkin. Kasallik juda oʻtib ketgan hollarda siydik ixtiyorsiz tomaveradi, biroq bemorning qovugʻi boʻshamaganga oʻxshab turadi. Bu belgilar bilan bir qatorda buyrakda ham turli oʻzgarishlar yuzaga keladi. Buyrak kosachalari vajomi kengayadi, buyrak yalligʻlanadi (Piyelonefrit);
Tosh paydo boʻlishi ham mumkin (Siydik-toshi kasalligi).
Prostata bezi adenomasi ulgʻayib ketishining oldini olish uchun kasallikning birinchi belgilaridanoq vrachga koʻrinib, uning tavsiyalariga (gigiyenik rejim, parhez va boshqalar) amal qilish lozim. Ayniqsa, oyoqlarni sovqotishdan ehtiyot qilish kerak. Siydik qistaganda darhol qovuqni boʻshatish lozim.
Prostata bezi adenomasi operatsiya yoʻli bilan davolanadi!