Spermogramma — erkaklik salomatligining “ko‘zgusi”
- 771
Erkak bepushtligi (infertillik) bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Buning sabablarini aniqlashda eng ishonchli va birinchi qadam — spermogramma tahlili hisoblanadi. Bu oddiy, ammo juda muhim laborator tahlil bo‘lib, erkak reproduktiv salomatligining holatini aniq ko‘rsatib beradi.
📌 Spermogramma nima?
Spermogramma — bu erkak urug‘ suyuqligining laborator tekshiruvi bo‘lib, unda quyidagi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi:
- 
Spermatozoidlar soni (konsentratsiyasi) 
- 
Harakatchanligi (aktivligi) 
- 
Shakli (morfologiyasi) 
- 
Suyuqlikning hajmi va rangi 
- 
PH darajasi 
- 
Yopishqoqlik (viskozlik) 
- 
Leikotsitlar, bakteriyalar miqdori va boshqalar 
Ushbu ko‘rsatkichlar orqali erkakda bepushtlik ehtimoli bor-yo‘qligi aniqlanadi.
🧑⚕️ Qachon spermogramma topshirish kerak?
- 
Uzoq vaqt farzand ko‘ra olmaslik (12 oy va undan ortiq) 
- 
Nikohdan oldin umumiy tekshiruv 
- 
Prostatit yoki boshqa urologik muammolar bo‘lsa 
- 
Jinsiy hayotda qiyinchiliklar yuzaga kelganda 
- 
O‘tkazilgan operatsiyalar yoki jarohatlardan so‘ng 
- 
Uzoq muddatli stress, toksik moddalar bilan ishlash holatlarida 
📋 Tayyorlanish qoidalari
Spermogrammaning aniq natija berishi uchun quyidagilarga amal qilish muhim:
- 
3–5 kun davomida jinsiy aloqadan saqlanish 
- 
Spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik 
- 
Hammom, sauna, issiq muhitlardan uzoq turish 
- 
Og‘ir jismoniy mehnatdan saqlanish 
- 
Antibiotiklar yoki dori-darmonlar iste’mol qilinayotgan bo‘lsa, shifokorga aytish 
🧪 Tahlil qanday olinadi?
Namuna shifoxonada, maxsus steril idishga, odatda masturbatsiya yo‘li bilan olinadi. Ba’zi holatlarda uydan ham olib kelish mumkin, ammo bu holatda namuna 1 soat ichida laboratoriyaga topshirilishi shart.
Agar natijada og‘ishlar aniqlansa, androlog/urolog ko‘rsatmasiga ko‘ra, qo‘shimcha tekshiruvlar (MAR-test, Kruger morfologiyasi, DNF test va boshqalar) tayinlanadi.
🛠 Davolash mumkinmi?
Albatta! Spermogrammadagi og‘ishlar ko‘pincha davolashga yaroqli bo‘ladi:
✅ Hayot tarzini sog‘lomlashtirish
 ✅ Ovqatlanishni to‘g‘rilash (antioksidantlar, vitaminlar)
 ✅ Dori vositalari (antibiotik, immunomodulyator, gormonlar)
 ✅ Fizioterapiya yoki muqobil muolajalar
 ✅ Zarur holatda sun’iy urug‘lantirish (IUI, IVF) yo‘li bilan muomala qilish
 
			 
                 
                 
                