JINSIY ALOQANING SALOMATLIK UChUN FOYDALI JIHATLARI
- 1625
American Journal of Medicine jurnalida jinsiy aloqa bilan shug‘ullanishning foydali jihatlari haqida dalolat beradigan tadqiqot natijalari e'lon qildi, deb yozadi Bagnet.
Ilmiy tadqiqotga muvofiq, jinsiy aloqa:
1. Ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam beradi. Yotoqdagi mashg‘ulotda organizmning barcha mushaklari ishlashga majbur bo‘ladi, bu yurak-qon tomir tizimiga foydali ta'sir ko‘rsatadi. Bir soatlik sevgi o‘yinlari 300 kaloriyadan xalos bo‘lishga yordam beradi.
2. Stressga qarshi kurashadi. O‘zining tanasini gorizontal holatga keltirib, inson beixtiyor o‘tgan kun tashvishlaridan o‘zini xalos etadi. Oksitosin gormoni darajasining oshishi xotirjamlik va bo‘shashish hissini keltirib chiqaradi.
3. O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Musobaqa arafasida jinsiy aloqada bo‘lgan ayol atletikachilar eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, jinsiy aloqadan keyin ayollar odatdagidan ko‘ra o‘zini ko‘proq ishonchli his etishadi.
4. Odamning haqiqiy yoshini yashiradi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Ajablanarlisi shundaki, jinsiy aloqa ajinlarga qarshi ajoyib vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, ishqiy erkalashlar jinsiy sheriklarga o‘z yoshidan yoshroq ko‘rinishga va o‘zini shunday his qilishga yordam beradi. Estrogen va boshqa gormonlar ishlab chiqarishning ko‘payishi tufayli teri "shaffof" va "tiniq" bo‘lib qoladi va jinsiy aloqa bilan shug‘ullanadigan odamlarning sochlari ko‘pincha yarqirab turadi.
5. Og‘riqdan xalos etadi. Inson jinsiy aloqada bo‘layotgan paytida endorfinlar ishlab chiqarilib, og‘riqning barcha turlarini yengillashtiradi.
6. Bu antidepressant hisoblanadi. Jinsiy aloqa vaqtida olinadigan lazzatlanish depressiyadan chiqishga, bezovtalanish va qo‘rquvni unutishga yordam beradi.
7. Immunitet tizimini mustahkamlaydi. Haftada kamida 2 marta jinsiy aloqa bilan shug‘ullanadigan odam gripp yoki shamollashga chalinishi ehtimoli kam. Immun tizimining yuqori darajasi — organizmning birinchi himoya chizig‘i.
8. Hayotni uzaytiradi. Haftada kamida 3 marotaba jinsiy zavq olishga vaqt ajratadigan erkaklar va ayollar yurak xurujidan kamroq aziyat chekishadi. Bundan tashqari, jinsiy aloqa saraton o‘smalari rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Boshqa narsalar qatori, jinsiy aloqa bilan faol shug‘ullanadigan erkaklar jinsiy zaiflikka duchor bo‘lishi ehtimoli kamroq. Olimlar 55 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 1000 ga yaqin erkaklarning anketalarini o‘rganishdi. Aniqlanishicha, yoshi o‘tishi bilan muntazam jinsiy aloqadan bosh tortadigan erkaklar, haftasiga kamida bir marta jinsiy aloqada bo‘lgan do‘stlari va hamkasblariga qaraganda, erektil disfunksiyadan 2 baravar ko‘proq azob chekishadi.
Shu bilan birga, yevropalik seksologlarning so‘nggi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, dunyoda tobora ko‘proq odamlar jinsiy aloqani rad etishmoqda. Dunyo nafs lazzatlaridan to‘ydi, tobora ko‘proq odamlar jinsiy "anoreksiya" dan aziyat chekmoqda: italiyalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 100 juftlikdan 40 tasi jismoniy yaqinlikni rad etadi. Mente&Cervello jurnali e'lon qilingan ma'lumotlarga muvofiq, dunyoda aseksuallar va antiseksuallar soni tez sur'atlar bilan o‘sib bormoqda.