5 mm gacha — ko'pincha dori bilan tushadi

Agar buyrakdagi tosh yoki tuzlar 5 mm gacha bo'lsa, ko'p hollarda dori-darmon, ko'p suyuqlik ichish va maxsus davolash yordamida tabiiy yo'l bilan tushib ketishi mumkin. Bunda shifokor nazorati va muntazam UZI tekshiruvi muhim.

5–7 mm — holatga bog'liq

5–7 mm bo'lgan toshlar ham ba'zi hollarda tushishi mumkin, lekin bu:

  • bemorning umumiy holatiga;
  • tosh joylashgan joyiga;
  • siydik yo'llarining kengligiga bog'liq.

Bunday toshlarda urolog kuzatuvi ostida davolanish va toshning harakatini nazorat qilish zarur.

7 mm dan katta — muolaja kerak bo'ladi

Agar tosh 7 mm dan katta bo'lsa, ko'pincha quyidagilar kerak bo'lishi mumkin:

  • lazer orqali maydalash;
  • endoskopik operatsiya;
  • boshqa urologik muolajalar.

Zamonaviy usullar kam jarohatli bo'lib, bemor tez tiklanadi.

Muhim ogohlantirish

Buyrakdagi tuz yoki toshni o'zboshimchalik bilan davolash xavfli. Noto'g'ri davolash buyrak sanchig'i, yallig'lanish yoki siydik yo'li tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin. Toshning aniq o'lchami va joylashuvini faqat UZI tekshiruvi ko'rsatadi — davolashni esa shifokor belgilaydi.

«Androlog i Ya» klinikasida

Klinikamizda urolog-androlog ko'rigi, UZI va zarur tahlillar bir joyda o'tkaziladi. Bel og'rig'i, siydikda qum yoki noqulaylik sezsangiz — kechiktirmasdan tekshiruvdan o'ting: kichik tosh katta muammoga aylanmasin.

Klinika shifokorlari

Raxmatullaev Boxodir Mirziyatovich
Raxmatullaev Boxodir Mirziyatovich
Urolog-androlog
Xodjaboev Bunyod Pulatovich
Xodjaboev Bunyod Pulatovich
Urolog-androlog
Sadriddinov X.N.
Sadriddinov X.N.
UZI shifokori
«Androlog i Ya» klinikasi — Toshkent
Androlog: Raxmatullayev Baxodir Mirziyatovich
Manzil: Toshkent shahri, Fozıltepa ko'chasi, 28A
Telefon: +998 98 809-91-77 · +998 97 720-36-18 · +998 71 275-82-73
Sayt: andrologi.uz
Top
Информация предоставляется исключительно в справочных целях. Не занимайтесь самолечением. При первых признаках заболевания обратитесь к врачу Подробнее